Aksiyadorlar burchagi

Jamiyat a'zolarining huquqlari

2001 yil 6 dekabrdagi №310-II sonli O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati chenlangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonunining 8 moddasiga muvofiq Jamiyat ishtirokichilari quyidagilarga haqlidir:

• Jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish; 
• Jamiyat faoliyati to’g’risida axborot olish; 
• Foydani taqsimlashda ishtirok etish; 
• Ustav fondidagi o’z ulushini sotish yoki ixtiyoriy tarzda voz kechish; 
• Jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’iy nazar istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish; 
• Jamiyat tugatilgan taqdirda kredotorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki qiymatini olish; 
• Jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida 10 foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o’z majburiyatlarini qo’pol buzayotgan yoki o’z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko’rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. 
Jamiyat ishtirokchilari qonun hujjatlarida va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.