Hamkorlarimiz

O’zimpeksaloqa ishtirokidagi xalqaro shartnomalar

Telekommunikatsiya aloqasini rivojlantirish, mavjud telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalar va aholining aloqa xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash maqsadida, Hukumat kafolati bilan quyidagi xorijiy kreditlar jalb etildi:

14.06.1995 yilda “Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish” (I bosqich) loyihasini moliyalashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Tashqi iqtisodiy hamkorlik bo’yicha Yaponiya Fondi o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi.  

26.07.1997 “Andijon va Farg'ona viloyatlari hududida raqamli aloqa tarmog'i qurilmalarini o'rnatish muammolarini hal etish, aloqa xizmati sifatini yaxshilash” loyihasini moliyalashtirish bo’yicha O’zbekston Respublikasi Moliya Vazirligi va Koreya eksport-import banki o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi.  

14.12.1999 yilda “Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish” (II bosqich) loyihasini moliyalashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi.

11.11.2005 yilda “O’zbektelekom aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Xitoy eksport-import banki o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi.

22.06.2015 yilda “O’zbekiston Respublikasi yer usti raqamli eshittirish tarmoqlarini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi