YANGILIKLAR

9.04.2018 yildagi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘RQ–472-son Qonun qabul qilindi

Hujjat davlat xaridlarining sub’ektlari, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini belgilab berdi. 

Ularga quyidagilar kiradi:

a) davlat buyurtmachilari, ular byudjet va korporativ buyurtmachilarga ajratiladi. 
Byudjet buyurtmachilari: davlat organlari, byudjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari. 
Korporativ buyurtmachilar: davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50%i va undan ortig‘i 50% va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar.  

b) xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari – xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini ijro etish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari; 

c) davlat xaridlari ijrochisi – xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi; 

d) xarid komissiyasi – davlat buyurtmachisi huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan, xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini tanlash to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organ. 

e) davlat xaridlari maxsus axborot portali operatori – davlat xaridlarining sub’ektlariga xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish, maxsus axborot portaliga e’lonlarni, buyurtmanomalarni hamda davlat xaridlari va ularning yakunlari to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi maxsus vakolatli tashkilot. 

Shuningdek Qonun bilan tasdiqlangan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlarini ham e’tiborga olish lozim: 
1. Elektron do‘kon 
2. Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion (elektron shaklda) 
3. Tanlov 
4. Tender 
5. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari  

Qonunning kiskacha mazmuni bilan «NORMA» portalida tanishishingiz mumkin. 
Qonunning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uzda tanishishingiz mumkin.