YANGILIKLAR

Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish yangi tartibi

Prezidentning loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertiza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlariga doir 20.02.2018 yildagi PQ–3350-son qarori e’lon qilindi.

Qabul qilingan hujjat bilan ekspertiza qilishning batafsil tartibi keltirilgan quyidagi nizomlar va yo‘riqnoma tasdiqlandi: 
• Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertiza qilish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
• Tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridiga tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertiza qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
• Kontraktlarni ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom. 

Qarorning kiskacha mazmuni bilan «NORMA» portalida tanishishingiz mumkin. 

Qarorning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uzda tanishishingiz mumkin.