YANGILIKLAR

Umumhalq hayriya xashari

O‘tgan dam olish kunlari 2018 yil 17-18 mart kunlari O‘zbekistonda, har yili bahor bayrami Navro‘z arafasida o‘tkaziladigan Umumhalq hayriya xashari bo‘lib o‘tdi.

Xashar butun mamlakat bo‘ylab barcha tashkilotlarda, korxonalarda, o‘quv va boshqa muassasalarda bo‘lib o‘tdi. 
Xashar davomida ko‘chalar, bog‘lar, bolalar maydonchalari, yo‘llar, yo‘laklar, ariqlar tartibga solindi va obodonlashtirildi. 
Barcha mahalla va turar-joylarda ko‘plab gullar, mevali va manzarali daraxtlar o‘tkazildi. 

“O‘zimpeksaloqa” MChJ xodimlari o‘zlarining ish joylari va yashash joylaridagi faol ishtiroklari bilan umumxalq hayriya xasharida qatnashdilar.