YANGILIKLAR

Milliy va xalqaro sifat menejmenti sertifikatlari

Milliy va xalqaro sifat menejmenti sertifikatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bir qancha korxonalarida, shu jumladan, “O‘zimpeksaloqa” MChJda xizmatlar sifatini boshqarish tizimi joriy etildi.

“O‘zimpeksaloqa” MChJ import va eksport shartnomalarni qo‘llab-quvvatlash, kredit kelishuvlar va bojxona yuklarini rasmiylashtirish xizmatlari bo‘yicha, milliy va xalqaro sifat menejmenti sertifikatlariga ega bo‘ldi.