YANGILIKLAR

“O'ZIMPEKSALOQA” MChJ Ta'sischilariga xabarnoma

“O'ZIMPEKSALOQA” MChJ 2017 yil 23 iyun  kuni soat 16-00 da, Toshkent shahar, Boğishamol kơchasi, 7A-uy (2 qavat, 205 xonada) “O'ZIMPEKSALOQA” MChJ Ishtirokchilarining navbatdagi yillik umumiy yiğilishi bơlib ơtishini ma'lum qiladi.

1. “O'ZIMPEKSALOQA” MChJ Ishtirokchilarining yillik umumiy yiğilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyatning 2016 yildagi moliyaviy-xơjalik faoliyati natijalari tơğrisidagi Ijroiya organi hisobotini tasdiqlash.
3.  Jamiyatning 2016 yil yakunlari bơyicha moliyaviy hisobotini tekshirish natijalari tơğrisidagi mustaqil auditorlik xulosasini tasdiqlash.
4. 2016 yil yakunlari bơyicha foyda va zararlar hisobi, yillik buxgalteriya  balansini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2016 yil yakunlari bơyicha sof foydasini taqsimlash, yillik dividendlar tơlash shakli, muddati va tartibini tasdiqlash.
6. Ustav va Ta'sischilar shartnomasiga ơzgartirishlar kiritishni hamda Ustav jamğarmasini oshirishni tasdiqlash
7. Jamiyatning Ijroiya organiga nomzodni tasdiqlash
8. 2017 yil uchun tashqi auditorlik tashkilotini va unga tơlanadigan xizmat haqi miqdori chegarasini tasdiqlash.
9. 2016 yil uchun bajarilgan ishlar tơğrisidagi Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi hisobotini tasdiqlash.
10. 2017 yil uchun yangi Kuzatuv kengashi tarkibini tanlash.

Ishtirokchilar yillik umumiy yiğilishining kun tartibi bơyicha axborot (material)lar bilan Toshkent shahar, Boğishamol kơchasi, 7A-uy (4 qavat, 402 xona) manzili ёki 150 19 86 telefon raqami, shuningdek Jamiyatning www.uzimpex.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Ishtirokchilarni rơyxatga olish soat 15-30 da boshlanadi.

Ishtirokchilar yillik umumiy yiğilishida boshqa shaxs vakil sifatida qatnashish huquqiga  ega. Buning uchun, sizning vakilingiz rơyxatdan ơtish paytida ishonchnoma va pasport, ishtirokchi (jismoniy shaxs) vakili  esa - notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport taqdim  etishlari shart.


“O'ZIMPEKSALOQA” MChJ
Ijroiya  organi                                 I.I.Isroilov