YANGILIKLAR

2017 yilning I-chi chorak yakunlari bo’yicha iqtisodiy faoliyat natijalari

Jamiat tomonidan tuzilgan import shartnomalar bo'yicha 2017 yilning I-chi chorak mobaynida 14 151,34 ming AQSh Dollar miqdorida asbob-uskunalar va extiyot qismlar import qilingan va xizmatlar korsatilgan.
Eksport shartnomalar bo'yicha 1,3 ming AQSh dollari miqdorida xizmatlar ko’rsatilgan.

Uzoq muddatli kreditlar bo'yicha 1 176,81 ming AQSh dollari miqdoridagi to'lovlar amalga oshirildi, shundan: 
Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlar bo'yicha 1 118,58 ming AQSh dollari miqdorida; 
Hukumat tomonidan kafolatlanmagan kreditlar bo'yicha 58,23 ming AQSh dollari miqdorida.

Jamiyatning 2017 yilning I-chi chorak uchun umumiy daromadi – 166 855 ming so’m, sof foydasi – 27 370 ming so’m.

Jamiyat samaradorligining integral koeffitsienti - 112,97.