YANGILIKLAR

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo’yicha tender savdolari

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi

dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo’yicha 
TENDER SAVDOLARINI E’LON QILADI

1. Tender savdolarining predmeti: konfidensial (maxfiy) ma’lumotlarni chiqib ketishini oldini oluvchi DPL dasturiy ta’minot tizimini ishlab chiqish. 

2. Tender turi – ochiq. 

3. Tender savdolarida O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan, tenderda qatnashish uchun malaka talablarini bajargan va integratsiyalashgan axborot tizimlari dasturiy ta’minotini ishlab chiqish tajribasiga ega bo’lgan yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin. 

4.Tender komissiyasi ishchi organining nomlanishi va manzili: 
«O‘zimpeksaloqa» MChJ, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 7a.
Telefon (998 71) 150-19-88, 150-19-85. Faks (998 71) 150-19-87. 
E-mail: uzimpex@sarkor.uz, uzimpex2@rambler.ru 

5. Dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo'yicha xizmatlarning maksimal qiymati - 1 500 mln. so'm. 

6. Xizmat ko'rsatish muddati – shartnoma imzolangan kundan boshlab - 18 oy. 

7. Tender boshlanishiga qadar tender komissiyasi tomonidan talabgorlarning malakaviy saralanishi o‘tkaziladi. 

8. Zakalat puli (tender taklifining kafolati) summasi, uni kiritish tartibi tender hujjatlarida ko‘rsatilgan.

9. Tender hujjatlarining qiymati 200 ming so’m. Uchinchi shaxslar tomonidan tender hujjatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish man etiladi. Tender hujjatlarini xarid qilish uchun tegishli tartibda tender komissiyasi ishchi organining yuqorida keltirilgan manziliga murojaat qilish kerak. 

10. Tender takliflarini qabul qilishning so‘nggi muddati – 2017 yil 22 may soat 17:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha.