YANGILIKLAR

2016 yilning 9 oylik yakunlari bo’yicha iqtisodiy faoliyat natijalari

2016 yilning 9 oy mobaynida telekommunikatsiya asbob-uskunalarini keltirish uchun jamiyatimiz bilan 404,45 ming AQSh dollar miqdorida import shartnomalar tuzildi. 


Jamiat tomonidan tuzilgan import shartnomalar bo'yicha 2016 yilning 9 oy mobaynida 35 945,50 ming AQSh Dollar miqdorida asbob-uskunalar va extiyot qismlar import qilingan va xizmatlar korsatilgan.

Eksport shartnomalar bo'yicha 4,5 ming AQSh dollari miqdorida xizmatlar ko’rsatilgan. 

 Uzoq muddatli kreditlar bo'yicha 9 958,02 ming AQSh dollari miqdoridagi to'lovlar amalga oshirildi, shundan: 
Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlar bo'yicha 9 664,20 ming AQSh dollari miqdorida; 
Hukumat tomonidan kafolatlanmagan kreditlar bo'yicha 293,82 ming AQSh dollari miqdorida. 

 Jamiyatning 2016 yilning 9 oy uchun umumiy daromadi – 393 687 ming so’m, sof foydasi – 12 229 ming so’m.

Jamiyat samaradorligining integral koeffitsienti - 141,29.