YANGILIKLAR

2015 yilning I-chi chorak yakunlari bo’yicha iqtisodiy faoliyat natijalari

2015 yilning I-chi chorak mobaynida telekommunikatsiya asbob-uskunalarini keltirish uchun jamiyatimiz bilan 80 538,77 ming AQSh dollar miqdorida import shartnoma tuzildi.

Jamiyat tomonidan tuzilgan import shartnomalar bo'yicha 2015 yilning I-chi choraq mobaynida 2 143,51 ming AQSh dollari miqdorida asbob-uskunalar va extiyot qismlar import qilingan va xizmatlar ko’rsatilgan.

Eksport shartnomalar bo'yicha 2,54 ming AQSh dollari miqdorida xizmatlar ko’rsatilgan.

Uzoq muddatli kreditlar bo'yicha 4 020,92 ming AQSh dollari miqdoridagi to'lovlar amalga oshirildi, shundan:
Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlar bo'yicha 1 234,77 ming AQSh dollari miqdorida;
Hukumat tomonidan kafolatlanmagan kreditlar bo'yicha 2 786,15 ming AQSh dollari miqdorida.

Jamiyatning 2015 yilning I-chi choraq uchun umumiy daromadi – 100 623 ming so’m, sof foydasi – 10 942 ming so’m.