O`zbekiston bozorida

O’zbekiston bozorida 23 yil

23 yil davomida “O’zimpeksaloqa”  xorijiy hamkorlar bilan asbob-uskunalarni yetkazib berish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha xorijiy davlatlar kreditlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan  va kafolatsiz bank kreditlari hisobidan 464,6 mln AQSH dollari miqdoridagi shartnomalarni amalga oshirgan.

Kompaniya ko’plab yirik loyihalarni shakllanishida ishtirok etadi, shu jumladan,Toshkent shahri va respublikamizning boshqa shaharlarida aloqa tarmoqlarini tashkil etish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda: 
- avtomatik telefon stansiyalarini raqamlashtirsh; 
- raqamli televideniyani tashkil etish; 
- sun’iy yo’ldoshli va radio rele aloqani tashkil etish; 
- optik tolali aloqa liniyalarini yetkazib berish; 
- ma’lumotlar uzatish tizimlarini yetkazib berish 
va boshqa bir qator vazifalarni amalga oshirgan. 

Respublikamizning investitsiya dasturiga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi loyihalar yirik xalqaro banklar, masalan, Germaniyaning “Landes Berlin Banki”, Yaponiyaning “Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki”, Xitoy Xalq Respublikasining “Eksimbanki”, Koreya banki va boshqa bir qancha banklar tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan “O’zimpeksaloqa”ning to’g’ridan-to’g’ri ishtirokida amalga oshirildi va hozirgi kunda ham davom etmoqda. 

Hozirgi paytda “O’zimpeksaloqa” mas’uliyati cheklangan jamiyati O’zbekiston respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Xitoy Taraqqiyot Banki krediti hisobidan amalga oshirilayotgan loyiha bo’yicha, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” Davlat unitar korxonasi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2012 yilda №ПП-1741 sonli “O'zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o'tish bo'yicha Davlat dasturi to'g'risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan loyiha bo’yicha faol hamkorlik qilib kelmoqda.