Tarix

«O'ZIMPEKSALOQA» Tashqi Savdo Firmasi (TSF) 1993 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi buyrugiga asosan korxonalarni moddiy va texnikaviy resurslar, jihozlar, extiyot qismlar bilan ta’minlash maqsadida va importga keladigan xizmat va maxsulotlarni sifat - texnikaviy darajasiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan xolda, chet el firmalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport-import muomalalarni amalga oshirish uchun tuzilgan. 

V.G.Budagov firmaning boshlanish ish faoliyatini tashkil etgan insoni. Vladimir Grigoryevich Budagov firmaning birinchi boshligi bo‘lib, ushbu lavozimda 2000 yilgacha ishlab keldilar. 

1997 yilning avgust oyida «O'ZIMPEKSALOQA» TSF davlat korxonasidan «O'ZIMPEKSALOQA» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga qayta tashkil etildi. «O'ZIMPEKSALOQA» OAJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi UP-3202 sonli Farmoni bilan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatidan yopiq aksiyadorlik jamiyatiga qayta tashkil etildi. 

2010 yilda «O'ZIMPEKSALOQA» YoAJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi UP-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» Farmoni asosida «O'ZIMPEKSALOQA» ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qayta tashkil etildi. 

Jamiyat faoliyatini ta’minlash maqsadida ta’sischilar mablag'i evaziga Ustav jamg'armasi 260 000 000 so‘mni tashkil etadi. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ustav fondidagi ulushi 51,9116 foizni, «O’zbektelekom» AKning ulushi 15,9401 foizni, jamoa ishchilari va jismoniy shaxslar ulushi 32,1483 foizni tashkil etadi.